00:17 / 17.10.2015
3440

BMT: Yaqin Sharqdagi inqirozni kuch bilan hal etib bo‘lmaydi

Yaqin Sharqdagi inqirozni kuch ishlatish yo‘li bilan hal etib bo‘lmaydi. Bu holat hududda zo‘ravonlik va boshboshdoqlikni keltirib chiqaradi, deb aytib o‘tdi BMT bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha yordamichisi Tayye-Bruk Zerixun.

"Aniqki, mavjud inqirozni kuch ishlatish choralari bilan bartaraf etib bo‘lmaydi. Okkupatsiyaning davom etayotgani va istiqbolning pasayib borayotgani falastinliklarning davlatchilik orzusini qahr-g‘azab o‘tiga aylantirmoqda”, — dedi Zerizun 16 oktabrda BMTda bo‘lib o‘tgan Xavfsizlik kengashi majlisida.

Uning so‘zicha, mazkur “muzlatilgan haqiqat” hududda iqtisodiy nochorlik, yoshlarning ishsiz qolishi va Falastinni davlat sifatida shakllana olmasligi kabi salbiy holatlarda mug‘im rol o‘ynaydi.

Top