21:15 / 17.10.2015
3821

"Chelsi" hamda "Manchester Siti" o‘z uyida ishonchli g‘alabaga erishdi

Angliya Premer ligasining 9-turida "Chelsi" o‘z uyida "Aston Villa"ni qabul qilib, raqib darvozasiga javobsiz 2ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Gollarga Kosta hamda Xatton (avtogol) mualliflik qildi.

"Chelsi" - "Aston Villa" 2:0

Gollar: D. Kosta 34, Xatton 54 (avtogol)

Musobaqa peshqadami bo‘lgan "Manchester Siti" o‘z uyida "Bornmut"ni qabul qilib, yirik 5:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda Sterling xettrik, Boni dubl muallifiga aylangan bo‘lsa, mehmonlarning yagona golini Marrey kiritdi.

"Manchester Siti" - "Bornmut" 5:1

Gollar: Sterling 7, 29, 45+3, Boni 11, 89 - Marrey 22

Top