23:47 / 17.10.2015
9595

KUN.UZ dayjesti: 17 oktabr, Dunyo xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 17 oktabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Islom Karimov: Afg‘oniston armiyasi hozircha tolibonlarga qarshilik ko‘rsatish, mamlakatda xavfsizlikni ta'minlashni to‘liq nazorat qilishga qodir emas>>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2015 yil 15-16 oktabr kunlari Qozog‘iston Respublikasida bo‘ldi va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etdi

Tojikiston Markaziy Osiyoda aholisi me'yorida ovqat yemaydigan eng yomon davlat deb tan olindi>>

Welthungerhilfe va Concern Worldwide insonparvarlik tashkiloti hamda Oziq-ovqat siyosati tadqiqotlari xalqaro instutitutining yangi chop etilgan “Dunyo ochlik indeksi” (World Hunger Index 2015) hisobotida Tojikistonda aholi me'yorida ovqat yemaslik darajasi 2005 yildagi 36,5 foizdan 2015 yildagi 30,3 foizga qisqargani aytilmoqda

AQSh Eron raketa uchirgani bois unga nisbatan choralar ko‘rmoqchi>>

AQSh Eron ballistik raketa uchirgani bois unga nisbatan zaruriy choralar ko‘rish kerak deb hisoblamoqda va yaqin orada bu masalani BMT Xavfsizlik kengashida ko‘tarmoqchi

Saudiya Arabistonida masjid ichidagi otishmada 5 kishi halok bo‘ldi>>

Saudiya Arabistonida joylashgan shia masjididagi otishmada 5 kishi halok bo‘ldi

Blatter: Platini “jyentlmenlik kelishuvi” bo‘yicha 2 mln dollar olgan>>

FIFA prezidenti lavozimidan vaqtinchalik chetlatilgan Yozef Blatter UYeFA prezidenti Mishel Platiniga berilgan 2 mln dollar to‘liq qonuniy bo‘lganini ta'kidlamoqda

The Economist: AQSh va Rossiya Iroq uchun kurashmoqda>>

Iroq AQShni bir chetga surib, Rossiya bilan kelishuvga bordi hamda u bilan koalitsiyada IShIDga qarshi kurashishni boshlab yubordi

Obama: Isroil tartibni qo‘llab-quvvatlash va o‘z fuqarolarini himoya qilish huquqiga ega>>

Isroil va Falastin davlati zo‘ravonlikning yanada avj olmasligi uchun tillariga erk bermasliklari kerak

Donald Tramp AQShdagi 11 sentabr teraktlari javobgarligini Jorj Bushning bo‘yniga qo‘ydi>>

Bloomberg nashriga AQSh prezidentligiga nomzod sifatida ishtirok etgan AQShda 11 sentabrda sodir etilgan teraktlar javobgarligini mamlakat sobiq prezidenti kichik Jorj Bushning bo‘yniga qo‘ydi

Rossiya mudofaa vazirligi: IShID YeI va MDHga qarab kengaymoqda>>

Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari Anatoliy Antonovning ta'kidlashicha, IShID terrorchi guruhi o‘z ekspansiyasini Yevropa, Rossiya, Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyo tomonga kengaytirmoqda, Afg‘onistondan esa MDH va Xitoyga kirish yo‘li sifatida foydalanishi mumkin

BMT: Yaqin Sharqdagi inqirozni kuch bilan hal etib bo‘lmaydi>>

Yaqin Sharqdagi inqirozni kuch ishlatish yo‘li bilan hal etib bo‘lmaydi. Bu holat hududda zo‘ravonlik va boshboshdoqlikni keltirib chiqaradi

Indoneziyada mamlakat tarixidagi eng yirik o‘t o‘chirish operatsiyasi boshlandi>>

Indoneziyada mamlakat tarixidagi eng yirik o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish operatsiyasi boshlandi

Peterburgda tojikistonlik ayoldan tortib olingan go‘dak olamdan o‘tdi>>

Peterburgda tojikistonlik ayoldan tortib olingan go‘dak olamdan o‘tdi

Yaponiyada tankerlar to‘qnashuvi oqibatida suvga neft quyilib ketdi>>

Mutsure oroli qirg‘oqlarida (Yamaguchi prefekturasi) ikkita tanker to‘qnashib ketdi

Eronda shialar dafn marosimi o‘qqa tutildi>>

Eronning Dizful shahrida noma'lum shaxslar shialarning dafn marosimini o‘qqa tutishdi

Odessa bojxonasiga Saakashvilining 26 yoshli o‘rinbosari Yuliya Marushevskaya rahbar etib tayinlandi>>

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Odessaga tashrifi chog‘ida viloyat bojxonasining yangi rahbarini tanishtirdi

Zarif: Eronning raketa sinovlari BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasi bilan taqiqlanmagan>>

Eronning raketa sinovlari 2015 yil 20 iyulda BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan qabul qilingan, Tehron va vositachilar oltiligi o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha erishilgan kelishuvni tasdiqlashga qaratilgan 2231 raqamli rezolyutsiya bilan taqiqlanmagan

Filippin aholisi tayfun tufayli evakuatsiya qilinadi>>

Filippinga Lando tayfuni yaqinlashmoqda va aholi bu tabiat hodisasiga tayyorlanmoqda

Apple patent huquqini buzgani uchun universitetga 230 mln dollar to‘laydi>>

Apple korporatsiyasi Medisondagi Viskonsin universitetiga 234 mln dollar to‘laydi

Olimlarning ta'kidlashicha Keniya Koreyadan keyin MERS epidemiyasining 2-qurboniga aylanishi mumkin>>

Keniyada yashovchi yirtqich va uy tuyalarining yarmidan ko‘pi MERS kasalining tashuvchilari hisoblanadi

Top