18:01 / 17.10.2015
2987

Merkel: Germaniya qochqinlarning yo‘lini to‘smaydi

Germaniya kansleri Angela Merkel mamlakat chegaralarida Yaqin Sharqdan kirib keluvchi qochqinlarga qarshi to‘siqlar bo‘lmasligi haqida ta'kidladi.

Uning qayd etishicha, Germaniya qochqinlar oqimini nazorat qilishi mumkin, lekin ularning yo‘lini butunlay to‘smaydi.

"Men bor kuch va imkonim bilan bu masalada zarur choralar topishga harakat qilaman. Lekin buning uchun vaqt kerak", deydi kansler.

Biroz oldinroq, Vengriya chegaralari yopib qo‘yilgani uchun qochqinlar Sloveniya orqali harakatlana boshlashgani ma'lum qilingandi.

Top