01:49 / 17.10.2015
4618

Obama: Isroil tartibni qo‘llab-quvvatlash va o‘z fuqarolarini himoya qilish huquqiga ega

Isroil va Falastin davlati zo‘ravonlikning yanada avj olmasligi uchun tillariga erk bermasliklari kerak, deb AQSh prezidenti Barak Obama Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe bilan muzokaralardan keyin aytib o‘tdi.

Obama, shuningdek, Isroil tartibni qo‘llab-quvvatlash va o‘z fuqarolarini himoya qilish huquqiga ega, deb aytdi.

Obamaning fikricha, isroilliklar ham, falastinliklar ham “zo‘ravonlik olovining avj olishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan o‘zaro balandparvoz nutqlardan o‘zlarini tiyishlari kerak. “Uchta din vakillarining “yonma-yon turib” muqaddas joylarda ibodat qilishlariga imkon beruvchi mavjud holat hurmat qilinishi kerak”, deb ta'kidlab o‘tdi Obama.

Top