18:18 / 17.10.2015
4952

Odessa bojxonasiga Saakashvilining 26 yoshli o‘rinbosari Yuliya Marushevskaya rahbar etib tayinlandi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Odessaga tashrifi chog‘ida viloyat bojxonasining yangi rahbarini tanishtirdi. Bu Odessa hokimi Mixail Saakashvilining 26 yoshli yordamchisi Yuliya Marushevskaya bo‘ldi.

“Odessaga yuk oqimi qaytib kelmoqda, - dedi prezident. – Odessa bojxonasi yangi rahbarga – Yuliya Marushevskayaga ega bo‘ldi. Tabriklayman!”.

Marushevskaya 2012 yili Taras Shevchenko nomli Kiyev Milliy universitetini “ukrain tili va adabiyoti, nemis tili” ixtisosligi bo‘yicha tamomladi. Garvard va Stenford universitetlarida kurslar o‘tadi. “Yevromaydon” faollaridan biri bo‘ldi. 2015 yil 6 iyundan davlat xizmatida.

Top