00:21 / 17.10.2015
4636

Suriyaning Rakka viloyati sharqida IShIDning 30 nafar jangarisi yo‘q qilindi

Suriyaning Rakka viloyati sharqida IShID terrorchilik tashkilotining 30 nafar jangarisi yo‘q qilindi, deya ma'lum qilmoqda Suriya arab respublikasi brigada generali Ali Mayxub.

"Harbiy havo kuchlarining Al-Mari'i va Deyr az-Zor aerodromidan sharqdagi terrorchilar guruhiga bergan aviazarbasi tufayli o‘nlab jangarilar yo‘q qilindi va jarohat oldi. Rakka viloyatining sharqidagi aviazarbalar tufayli esa 30 nafar terrorchi yo‘q qilingan ", — dedi Mayxub.

Avvalroq Rossiya bosh shtabi Suriya armiyasi keng miqyosli yurish boshlagani haqda xabar bergan edi.

Top