07:25 / 17.10.2015
3847

Turkiya o‘zida suriyalik muhojirlarni qoldirishni istamayapti

Turkiya hukumati o‘z hududida Yevropa pullari evaziga qaramasdan ham muhojirlarni qoldirishni istamayapti. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Faridun Sinirlio‘g‘lu aytib o‘tdi. Bundan Reuters axborot agentligi ma'lum qilmoqda.

Jurnalistlarning savollariga javoban Sinirlio‘g‘lu Anqara qochqinlar qochishga majbur bo‘layotgan mamlakatlar ichida xavfsizlik hududlarini yaratish tarafdori ekanini ta'kidlab o‘tdi. Turkiya TIV rahbari Yevropa Ittifoqi bilan muhojirlar inqirozini hal qilish bo‘yicha kelishuv faqatgina muhokama bosqichida turganini aytib o‘tdi. Vazirning aytishicha, u yevropaliklarni faqatgina chegaralarni mustahkamlash bu muammoni hal qilishga imkon bermasligiga ishontirishga urinmoqda. 

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an yevropalik mansabdor shaxslarni qochqinlar muammosining ko‘lamini kech anglaganlikda aybladi. Erdo‘g‘anning aytishicha,  muhojirlar inqirozi Turkiya ishtirokisiz hal qilina olmas ekan, unda Turkiya Yevropa Ittifoqiga qabul qilinsa ham bo‘lardi.

Avvalroq 16 oktabrda Yevropa Ittifoqi Turkiyaga muhojirlar bilan bog‘liq vaziyatni hal qilish uchun 3 mlrd yevro berish va viza tartibini yumshatishni va'da berdi, shuningdek, Turkiyaning YeIga kirishi bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlash ko‘zda tutilgandi.

Top