16:49 / 17.10.2015
4189

Turkiya samolyotlari bergan havo zarbalari tufayli KIPning 11 nafar vakili halok bo‘ldi

Bugun, 17 oktabr kuni Turkiya havo harbiy kuchlariga tegishli samolyotlar tomonidan Kurdiston ishchilar partiyasi vakillari joylashgan nuqtalarga havo zarbalarini yo‘lladi.

Reyter nashri xabariga ko‘ra, bugungi hujumlar natijasida kurdlar partiyasining 11 nafar vakili o‘ldirilgan.

Shuningdek, Turkiya janubi-sharqidagi Hakkari viloyatida, Iroq va Eron bilan chegara yaqinida kurdlarga tegishli qurol omborxonalari yo‘q qilingan.

Bundan avvalroq, Turkiyada faoliyati taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi noyabrdagi saylovlargacha Turkiya hukumati bilan yarashishini e'lon qilgandi.

Turkiya hukumati kurdlarga qarshi harbiy amaliyotlar ular to‘la taslim bo‘lib, qurollarni topshirishi va hududlarni tark etishidan keyingini to‘xtatilishini ma'lum qilgan.

Top