22:47 / 17.10.2015
10869

Xitoy va O‘zbekiston yangi yuk poyezdi orqali bog‘landi

16 oktabrda 46 ta vagondan iborat va 2760 tonna g‘altaklangan po‘lat ortilgan “Binsinou-Binchjouxao” xalqaro yuk poyezdi Xitoyning Shandun viloyati Bosin uyezdi Binchjou shahridan Markaziy Osiyo va Yevropa tomon yo‘l oldi. Bu poyezd Xuanxe daryosi deltasidan yo‘lga tushgan birinchi xalqaro yuk poyezdi bo‘lib, Ipak yo‘li iqtisodiy kamari yo‘lidagi shaharlarni bog‘laydi.    

Tszinan shahri temir yo‘l boshqarmasi xabariga ko‘ra, poyezd loyiha bo‘yicha bir magistral va ikkita tarmoqlangan yo‘l bo‘yicha harakat qiladi. Poyezd asosiy magistral yo‘ldan Sintszyan-Uyg‘ur muxtor tumanidagi Alashankou shahridan Olma-ota orqali Toshkentga yuk tashiydi. Yo‘lning uzunligi 5630 km ni tashkil qiladi. Poyezd tarmoqlangan yo‘llarning biridan Ichki Mongoliya muxtor tumanidagi Manchjouli shahri yoki Eren-Xoto uyezdidan Rossiyaning Krasnoyarsk shahrigacha harakat qiladi va yo‘l uzunligi 9661 km ni tashkil qiladi. Uzunligi 11161 km ni tashkil qiladigan ikkinchi tarmoqlangan yo‘l Alashankou shahri bilan Germaniyaning Duysburg shahrini bog‘laydi.

Top