Ijtimoiy tarmoqlardan birining foydalanuvchisi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga murojaat yo‘llab, 20 kun javob ololmaganini ma'lum qildi.
“Yagona Interaktiv davlat xizmatlari portaliga ko‘chamizdagi 3 oydan beri ishlamayotgan svetoforni tuzatib qo‘yish haqida iltimosnoma jo‘natgandim, - deb yozadi u Feysbuk sahifasida. – 23 sentabrda murojaatim qabul qilingan. IIVga esa 1 oktabrda jo‘natilgan. Oradan 5 kun o‘tdi. Asosiy kunlari dam olish kunlariga to‘g‘ri keldi. Tushunaman. Yana 1 hafta kutaychi, qaysi tashkilotga xatim jo‘natilgani haqida xabar kelib qolar”.
Bu so‘zlarga izoh qoldirgan foydalanuvchilar muammoni tezroq hal qilish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri mas'ul tashkilotlarga murojaat yo‘llash zarurligini aytib o‘tishdi.
Surat: Darakchi gazetasidan skrinshot. 42 son 15.10.2015y.