07:48 / 18.10.2015
4242

BMT Bosh kotibi: Suriyani ixtilof tufayli 4 mlndan ko‘proq kishi tark etdi

Suriyani ixtilof tufayli 4 mlndan ko‘proq kishi tark etishga majbur bo‘ldi, deb ma'lum qildi BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.  

Pan Gi Munning aytishicha, ayni paytda dunyo bo‘yicha 60 mln ga yaqin kishi qochqin hisoblanadi. Uning ta'kidlashicha, hozirgi migratsion inqiroz Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yirigi hisoblanadi va dunyo hamjamiyatiga katta rahna solmoqda.

Pan Gi Mun bergan ma'lumotlarga ko‘ra, Livanning 25 foiz aholisini suriyalik qochqinlar tashkil qiladi. Yana 2 mln suriyalik qochqin Turkiyada, 1,5 mln Iordaniyada, 300 ming Iroqda va yana qanchadir miqdorda Shimoliy Afrika va Misrda bor.

Pan Gi Munning qayd qilishicha, Suriyada 8 mln ga yaqin kishi shoshilinch gumanitar ko‘makka muhtojlik sezmoqda.

 

Top