13:24 / 18.10.2015
4072

Isroil va AQSh Eron bilan kelishuv tufayli to‘xtatib qo‘yilgan harbiy muzokaralarni davom ettiradi

Isroil va AQSh Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuv imzolanishi munosabati bilan to‘xtatib qo‘yilgan harbiy yordam haqidagi muzokaralarni qaytadan boshlaydi. Reuters agentligining eslatishicha, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu kelishuvga e'tiroz tarzida muzokaralarni to‘xtatib qo‘ygan edi.
Isroilning Vashingtondagi elchisi o‘zaro tushunish to‘g‘risidagi memorandum yuzasidan muzokaralar o‘tgan haftadan boshlanganini ta'kidlab o‘tdi.
Unga ko‘ra, Isroilga ko‘rsatilayotgan yordam dasturi yana 10 yilga uzaytiriladi. 2017 yilgacha mo‘ljallangan amaldagi shartnoma AQSh tomonidan harbiy maqsadlarda 3 mlrd dollarlik yordam ko‘rsatilishini nazarda tutadi.

Top