21:58 / 18.10.2015
17403

KUN.UZ dayjesti: Haftaning eng qiziqarli yangiliklari (12-18 oktabr)

Hurmatli o‘quvchilar, tugayotgan haftada (12-18 oktabr) ro‘y bergan eng qiziqarli yangiliklarni takroran havola etamiz.

Samarqandda elektr quvvati yo‘qligida yo‘l nazoratini amalga oshirishi usuli topildi>>

Samarqandda elektr quvvati yo‘qligida yo‘l nazoratini amalga oshirishi usuli topildi.

Jahon chempionatidagi eng g‘aroyib soqol va mo‘ylablar>>

Avstriyaning Leogang shaharchasida Soqol va mo‘ylablar bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Bu yerda dunyodagi eng g‘aroyib, hayratlanarli soqol va mo‘ylablarni ko‘rish mumkin edi.

Aktyor Akbarxo‘ja Rasulovning to‘yida Alisher Uzoqovni ko‘rishdi>>

Kun.uz manbasi o‘zbekistonlik taniqli yosh aktyor Akbarxo‘ja Rasulovning uylanayotgani haqida xabar qildi.

Shaolin rohibi 10 soniya davomida bir barmog‘iga tayanib turdi>>

Xitoy shimolida shaolin rohibi Shi Liliang yana bir marta inson tanasi qudratini namoyish etdi. U odam bolasi bitta barmog‘iga tayangan holda 10 soniya tura olishini ko‘rsatib bergan.

AQShlik fermer 893 kg og‘irlikdagi ulkan qovoq yetishtirib, 12 ming dollar yutib oldi>>

AQShda har yili o‘tkaziladigan tanlovda eng yirik qovoq aniqlandi. Bu tanlovda Oregon shtatidan kelgan fermer g‘olib bo‘ldi, u yetishtirgan mahsulot vazni 893,1 kg tosh bosdi va unga 12 ming dollar miqdoridagi mukofot berildi.

Vitaliy Klichko “sosiska” emasligini isbotladi>>

Sobiq bokschi, Kiyev shahri hokimi Vitaliy Klichko “sosiska” emasligini isbotladi, deb xabar beradi RIA “Novosti-Ukraina” agentligi.

«Formula-1» poygachisi Lyuis Hemilton Putinga qarata shampan vinosi sepdi>>

Buyuk britaniyalik avtopoygachi Lyuis Hemilton Rossiyaning Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan «Formula-1» poygalarining navbatdagi bosqichidagi g‘alabadan keyingi taqdirlash marosimida shampan vinosi ko‘piklarini Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qarata sepdi, deb yozadi spletnik.ru internet-nashri. 

Amerikalik juftlik Chikagodagi yugurish marafoni davomida turmush qurishdi>>

Amerikalik ayol Stefani Reynxart shahar kengashi binosida turmush qurishni istagandi. Uning eri Mark Yokel esa oilasi va do‘stlari bilan ulkan tadbir orqali o‘z to‘yini o‘tkazishni xohlagandi. Natijada juftlik Chikagodagi marafon vaqtida o‘z to‘ylarini o‘tkazishga qaror qilishdi. Bu haqda Chicago Tribune nashri xabar tarqatmoqda.

Dubay shahzodasi yana bir marta ov qilish uchun O‘zbekistonga keldi (foto)>>

11 oktabr kuni Dubay amirligi taxtining valiahdi bo‘lmish shahzoda Hamdan bin Muhammad al Maktum O‘zbekistonga kelgan.

99,99 foizi havodan iborat eng yengil metall yaratildi>>

Boeing kompaniyasi dunyoda eng yengil metall yaratilganligini namoyish qiluvchi videoni tarqatdi. Metallga mikrolattis deya nom berishdi. U 99,99 foiz havodan iborat. Shunchalik yengilligidan uni qoqigulning pari ustiga qo‘ysa ham bo‘ladi! Yangi metallni samolyotsozlik, mashinasozlik va boshqa sohalarda qo‘llash mumkin.

Fotograf bir-birimizga qanchalar uzoq ekanimizni ko‘rsatish uchun suratlardagi telefonlarni o‘chirib chiqdi>>

AQShning Nyu-York shahrida yashovchi fotograf Erik Pikersjil insonlarning mobil uskunalarga qanchalik ruju qo‘ygani muammosiga e'tibor qaratdi.

Messi ismi yozilgan futbolkalar dunyo bo‘ylab eng xaridorgirligi ma'lum bo‘ldi>>

2015 yilning 1 iyulidan 30 sentabriga qadar «Barselona» jamoasining argentinalik futbolchisi Lionel Messining futbolkalari eng ko‘p miqdorda sotilgan.

Britaniyalik 81 sm. bo‘yli qiz o‘zidan ikki baravar baland yigitga turmushga chiqdi>>

Britaniyaning Xinkli shahrida yashovchi, bo‘yi 81 sm. li qiz 185 sm. bo‘yga ega yigitga turmushga chiqdi, deb yozmoqda The Daily Mail.

Farg‘onada oktabr oyida birinchi marta gilos undi>>

Farg‘ona vodiysining O‘zbekiston qismida gilos unib chiqqani qayd qilindi. Oktyabr oyi uchun bu kutilmagan holat bo‘ldi.

Nyu-Yorkdagi besh yulduzi mehmonxona kuniga ikki dollar evaziga xonalar bermoqda>>

Nyu-Yorkning Tayms-Skverida joylashgan Knickerbocker besh yulduzli mehmonxanasida ikki dollar evaziga bir kun yashash mumkin. Bu haqda mehmonxona saytida ma'lum qilingan.

Yozda o‘zining kasodga uchraganini ma'lum qilgan 50 Cent dollar taxlamlari bilan fotosessiya uyushtirdi>>

14 oktabr kuni 50 Cent Instagramdagi sahifasiga o‘zining ko‘plab naqd pul taxlamlariga "ko‘milgan" holatlari aks etgan suratlarini joylashtirdi. 

Levandovski Ginness rekordlari kitobiga kiritildi>>

Myunxenning "Bavariya" klubining polshalik hujumchisi Robert Levandovski eng qisqa vaqt oralig‘ida - ya'ni bir o‘yinda uch, to‘rt va beshta gol urgan o‘yinchi sifatida Ginness rekordlari kitobiga kiritildi. Bu haqda Germaniyadagi Bild nashri xabar tarqatdi.

Daniyadagi hayvonot bog‘ida sherni bolalar ko‘z o‘ngida tilkalashdi>>

Daniyaning Odense shahridagi hayvonot bog‘ida kuppa kunduzi sher murdasini so‘yib, bo‘laklarga ajratishdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bergan.

Nobel mukofoti-2015: sovrindorlar portretiga chizgilar>>

Nobel tashkiliy qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, bu yil mukofot uchun 327 kishi taqdim etilgan bo‘lib, ular orasida 57 nafari ilk bora saralashda ishtirok etmoqda.

National Geographic O‘zbekistonning tog‘ manzaralarini e'lon qildi>>

O‘zbekistonlik fotograf Yevgeniy Diripaskin tomonidan tasvirga olingan fotosuratlarda Chimyon tog‘lari va tungi osmon manzaralarini ko‘rish mumkin.

AQSh qamoqxonalarida cho‘chqa go‘shti taqiqlandi>>

Baraka Obama (Barak Obama) ma'muriyati mamlakat qamoqxonalari menyusidan cho‘chqa go‘shtini olib tashlash haqida qaror qabul qildi deb yozadi muxlis.uz sayti.

Nazarboyev u bilan selfi tushmoqchi bo‘lgan milliarderni chetga surib tashladi>>

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev MDHga a'zo davlatlar rahbarlari kengashining yig‘ilishi chog‘ida qozog‘istonlik milliarder va diplomat Bo‘lat O‘temuratovni noqulay vaziyatga solib qo‘ydi.

Xitoy dollar milliarderlari soni bo‘yicha birinchi marta AQShdan o‘tib ketdi>>

Oxirgi yil ichida Xitoyda dollar milliarderlari soni 242 nafarga ko‘paydi – endi bu davlatda 1 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ga ega bo‘lgan 596 nafar odam yashamoqda. Xitoy ushbu ko‘rsatkich evaziga birinchi marta AQShdan o‘tib ketdi. 

The Mirror o‘quvchilarining 31 foizi o‘zbekistonlik yigitning romantik tanlovini olqishlashdi>>

Buyuk Britaniyadagi The Mirror nashrida o‘zbekistonlik oshiq yigitning o‘z sevgilisiga dil izhori qilish uchun minglab gul sotib olgani haqida xabar nashr qilindi.

Amerikalik rassom 500 mingta Lego donachalaridan “Betmobil” qurdi>>

Taniqli amerikalik rassom Natan Savayya Lego o‘yinining 500 mingta donachasidan Betmen avtomobili – “Betmobil”ning katta o‘lchamdagi nusxasini yasadi. 

Saakashvili: bojxona ta'limi – professional tamagirlar ta'limi>>

Odessa hokimi Mixail Saakashvili yordamchisi, 26 yoshli Yuliya Marushevskayaning viloyat bojxonasiga rahbar etib tayinlanganligiga munosabat bildirdi.

Shri-Lanka politsiyasi qizi qafasda tutgan erkakni qutqardi>>

Shri-Lanka politsiyasi qizi qafasda tutgan erkakni qutqardi. Bu haqda Emirates247.com nashri xabar berdi.

Skype endi WhatsAppda?!>>

Ayni paytda WhatsApp, Google Hangouts va boshqa messenjerlar foydalanuvchilari Skype ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanishlari mumkin. Hozircha bunday imkoniyat messenjerning AQShlik foydalanuvchilari uchun amalda, xolos. Keyinroq boshqa mamlakatlarga ham joriy qilinadi, deydi mutasaddilar.

Foto: “Nafas oluvchi” osmono‘par>>

PNC moliyaviy kompaniyasi Pittsburg markazida elektr quvvatisiz ventilatsiya qiluvchi 33 qavatli bino qurdi. Bu haqda Fast Company ma'lum qilmoqda.

Obamaning xitoylik qiyofadoshi bir chiqishi uchun 1.5 ming dollar haq olmoqda>>

AQSh prezidenti Barak Obamaga juda o‘xshaydigan aktyor Syao Tszigo o‘n daqiqalik chiqishi uchun 1.5 ming dollar gonorar oladi. Bu haqda NBC News xabar bermoqda.

Airbus Londondan Nyu-Yorkka bir soatda yetib oladigan samolyotni patentlashtirdi>>

Airbus kompaniyasi Londondan Nyu-Yorkka bir soatda yetib oladigan samolyotni patentlashtirdi. Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda.  

Britaniyalik auksionda sotib olgan tanki deb yangi uyga ko‘chib o‘tdi>>

Buyuk Britaniyaning Bristol shahrida yashovchi Jyef Vulmer ismli erkak onlay-auksionda CVRT “Skorpion” tankini sotib olgandan keyin uni joylashtirish uchun yangi uyga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ldi, chunki uning avvalgi uyida uni qo‘yishga yetarlicha joy bo‘lmagan. 

Top