12:38 / 18.10.2015
14744

KUN.UZ saytining mobil ilovasini iOS va Android operatsion tizimida ishlaydigan smartfon yoki planshetingizga yuklab oling

Kun.uz tahririyati sevimli foydalanuvchilarini navbatdagi ajoyib yangilikdan boxabar qilayotganidan xursand. Endilikda iOS operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalar sohiblari ham O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi yangiliklar hamda tahliliy maqolalarni muntazam ravishda kuzatib borish imkoniyatiga ega.
Buning uchun AppStore do‘konidan Kun.uz ilovasini mutlaqo bepul yuklab olish kifoya.
Agarda AppStore do‘koniga kirib mobil ilovamizni izlamoqchi bo‘lsangiz, Kun.uz kalit so‘zini qidiruvga bering.
Shu paytgacha saytimizning faqat Android operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalarga mo‘ljallangan ilovasi ishlayotgan edi. Endilikda iPhone va iPad egalari ham AppStore do‘konidan ham ilovamizni yuklab olishi va undan foydalanishi mumkin.
Ushbu ilovada ham “mobil muxbir” rukni ishga tushirilgan. U orqali bizga xabar va yangiliklaringiz, o‘zingiz guvoh bo‘lgan voqea-hodisalar haqidagi surat, videotasvir hamda ma'lumotlaringizni jo‘natib, bizning mobil muxbirimizga aylanishingiz mumkin.
Saytimizda ism sharifingiz, siz jo‘natgan xabarlar muntazam chiqib turishini istasangiz, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.
Mobil ilovada ayrim kamchiliklar mavjud bo‘lishi mumkin. Agarda shunday kamchiliklarga duch kelsangiz yoki mobil ilova bo‘yicha taklif mulohazalaringiz bo‘lsa bizga info@kun.uz elektron manzili orqali bilan bilan bog‘lanishingiz mumkin. Ishimizni mukammallashtirish yo‘lida tinimsiz ishlamoqdamiz, jarayonda muayyan kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, oldindan uzr so‘raymiz.
Unutmang, biz uchun sizning fikr mulohazalaringiz qimmatli ahamiyatga ega.
Biz bilan birga bo‘ling, Kun.uz sizning saytingiz, biz siz uchun eng tezkor, eng aniq va eng xolis xabarlarni taqdim etib borishda davom etamiz!

Tavsiya etamiz: 

Kun.uz saytining iOS operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalar uchun mo‘ljallangan mobil ilovasini yuklab olish

Kun.uz saytining Android operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalar uchun mo‘ljallangan mobil ilovasi yuklab olish 

Kun.uz saytida chiqayotgan yangiliklarni o‘quvchilarga tezkor va qulay ravishda yetkazib berish uchun Telegram messenjerida saytning o‘z guruhi ochildi. Bu guruhga qo‘shilish uchun messenjerdan @KunuzBot akkauntini topish yoki https://telegram.me/KunUzBot manzil orqali o‘tib, unga /start so‘zini yuborish kerak bo‘ladi. 

Telefon mobil qurilmalar uchun, saytning yengil versiyasi orqali yangiliklarni kuzating - m.kun.uz

Top