12:48 / 18.10.2015
3188

Misrda parlament saylovlari boshlandi

Misrda parlament saylovlarining birinchi bosqichi boshlandi. Bugun mahalliy vaqt bilan soat 9:00da saylo uchastkalari ochildi.
Saylov soat 21:00ga qadar davom etadi. Yakshanba va dushanba kunlari davom etadigan saylovlarda 27 mln fuqaro ishtirok etishi mumkin.
Saylov komissiyasi ma'lumotlariga qaraganda, birinchi bosqichda al-G‘izo, al-Fayum, Bani Suayf, al-Minya, Asyut, al-Vodiy al-Gadid, Sohag‘, Kino, al-Uqsur, Asuan, Qizil dengiz, Iskandariya, Buxayr va Marsa Matrux viloyatlari aholisi ishtirok etadi. Qolgan viloyatlar 22-23 noyabr kunlari o‘tkaziladigan ikkinchi bosqich bilan qamrab olinadi.

Top