14:08 / 18.10.2015
3888

Olma-Ota aeroportida portlovchi uskuna haqidagi xabar tufayli odamlar evakuatsiya qilindi

Olma-Otada aeroportida portlovchi uskuna o‘rnatilgani haqidagi xabar tufayli reyslarni kutib turgan yo‘lovchilar va xodimlar evakuatsiya qilindi. Bu haqda Qozog‘iston telegraf agentligi xabar bermoqda.
“Portlovchi uskuna haqida xabar berildi. Natijada barcha yo‘lovchilar va xodimlar evakuatsiya qilindi. Barcha xizmatlar oyoqqa turg‘izildi. Ammo xabar tasdiqlanmadi. Hozir aeroport ilgarigi tartibda ishlamoqda”, - deyiladi xabarnomada.

Top