21:04 / 18.10.2015
5962

Rossiya Mudofaa vazirligi: IShID 14 yoshdan o‘z safiga safarbarlik amalga oshirilishini e'lon qildi

IShIDning Rakkadagi jangarilari erkak aholi o‘rtasida 14 yoshdan o‘z safiga ommaviy tarzda safarbarlik amalga oshirilishini e'lon qildi, deb xabar bermoqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, bu holat jangarilar o‘rtasida ommaviy tarzda dezertirlik davom etayotgani bilan bog‘liq bo‘lmoqda.

Avvalroq IShID jangarilari Idlib yaqinida “Jibhad an-Nusra” guruhiga qarshi uchta terakt amalga oshirgani ma'lum qilingandi. Bu holat Suriyadagi terrorchilik guruhlari o‘rtasida qarama-qarshiliklar oshib borayotganidan darak beradi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov ma'lum qildi.

Top