17:36 / 18.10.2015
12883

Rossiya mudofaa vazirligi jangarilarining yer osti bunkeri yo‘q qilinishi videosini e'lon qildi

Rossiya mudofaa vazirligi Suriyadagi jangarilarning Xama viloyatida joylashgan yashirin yer osti bunkerining yo‘q qilinishi qayd etilgan videolavhani e'lon qildi. Video idoraning YouTube servisidagi sahifasida paydo bo‘ldi.

Aytilishicha, aviazarbalar natijasida yettita tunnel hamda zirhli texnika kolonnasi yo‘q qilingan.

Ta'kidlanishicha, yer osti yo‘llari orqali jangarilar qisqa muddatda turli tumanlarga yetib bora olgan va raqiblarini murakkab vaziyatga solib qo‘yishgan. Bunkerlardan biri teraktlarga mo‘ljallangan portlovchi moddalar bilan to‘la ekanligi aytildi.

Top