13:38 / 18.10.2015
3441

Tinch okeanida halokatga uchragan yuk kemasining 4 ishchisi yo‘qolib qoldi

Oxota dengizida dom-daraksiz g‘oyib bo‘lgan to‘rt dengizchi qidirilmoqda. Ular Tinch okeani akvatoriyasida halokatga uchragan “Paramushir” plashkoutida ishlar edi, deb xabar beradi Interfaks agentligi.
Ekipaj a'zolaridan biri qutqarilgan. Qolgan to‘rt kishi esa topilmadi.
Qutqarilgan dengizchining xabar qilishicha, kema kutilmaganda ag‘darilgan.
Kema 117 tonna yukni (temir-tersak va qurilish texnikasi) Severo-Kurilskdan Petropavlovsk-Kamchatskiyga ketayotgan edi.

Top