15:04 / 18.10.2015
4518

Tyusso xonim muzeyiga barcha Bondlarning haykallari o‘rnatildi

Londonning mashhur Tyusso xonim muzeyida agent Jyeyms Bond rolini ijro etgan barcha aktyorlarning haykallari o‘rnatildi. Bu haqda Mirror nashri yozmoqda.
Aytilishicha, ekspozitsiya bondiananing navbatdagi qismi chiqishi munosabati bilan o‘tkazilmoqda. Oltita haykalning umumiy narxi 230 ming dollarga baholanmoqda.
Bond rolini ijro etgan aktyorlarni eslatib o‘tamiz: Shon Konneri, Jorj Lazenbi, Rojyer Mur, Timoti Dalton, Pirs Brosnan, Deniyel Kreyg.

Top