15:20 / 18.10.2015
3472

Van Gal Depay haqida: ayrimlar MYu falsafasiga moslasha olmasligi mumkin

“Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal hujumchi Memfis Depay klub falsafasini qabul qila olmayotganini aytdi. Eslatib o‘tamiz, u “Everton” bilan kechgan bahsda (3:0) zaxirada qoldirildi.
“Depay zaxirada? Ayrim o‘yinchilar jamoa falsafasiga moslasha olmayapti. Bunday narsalarni oldindan bilish mumkin emas. Buni tajriba va xatolar yordamida anglash mumkin. O‘yinchi yuqori darajadagi mahoratga ega bo‘lishi mumkin, ammo buning jamoaga foydasi tegishi lozim. Bunday holat Anxel Di Mariya va Radamel Falkaoda kuzatilgan edi”, - dedi u.

Top