19:33 / 19.10.2015
3099

Afg‘onistondagi portlash natijasida besh kishi nobud bo‘ldi, 25 kishi jarohat oldi

Afg‘oniston shimolidagi portlash natijasida besh nafar kishi halok bo‘ldi, 25 kishi jarohatlandi. Portlovchi modda Andxoy shag‘ridagi rekshilardan biriga o‘rnatilgan va masofadan boshqarilgan. Mahalliy hukumat ushbu teraktga javobgarlikni “Tolibon” terrorchilik tashkiloti bo‘yniga qo‘ygan. Bu haqda RIA Novosti Sinxua agentligi ma'lumotiga asoslanib xabar bermoqda.

Terakt dushanba, 19 oktabr kuni Afg‘onistonning Faryob viloti, Andxoy tumanida yuz berdi. Bu haqda agentlikka okrug rahbari Sulton Sanjar ma'lum qilgan.

"Terrorchilar Andxoy shahridagi rekshalardan birida portlovchi modda o‘rnatishgan va uni bozor ichida portlatib yuborishgan. Natijada besh kishi halok bo‘lib, 25 kishi tan jarohati olgan”, , — dedi Sanjar.

Top