10:49 / 19.10.2015
3417

AQSh Yaponiyaga raketalarga qarshi mudofaa tizimiga ega ikkinchi kemani yubordi

AQSh Yaponiyaning Yokosuka portiga “Ijis” raketa komplekslariga ega uch kemaning ikkinchisini yo‘lladi. Kyodo agentligining ma'lum qilishicha, qurollar Yaponiyada 2017 yilga qadar joylashtirilishi rejalashtirilgan.
Aytilishicha, USS Benfold raketali eskadra mina tashuvchisi Xitoy va Shimoliy Koreya bilan qarshilik yuzaga kelgan taqdirda kuchlar muvozanatini ta'minlash maqsadida yo‘llangan.
2020 yilga qadar AQSh mintaqada harbiy kemalarining yarmini joylashtirishi kutilmoqda.

Top