19:04 / 19.10.2015
3198

Corriere della Sera: «Barselona» Pyanich uchun 40 mln yevro sarflashga tayyor

"Roma" jamoasining bosniyalik yarim himoyachisi Miralem Pyanich "Barselona" jamoasining qiziqishlari doirasiga tushdi.

Corriere della Sera nashri xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar 25 yoshli bu xavbek uchun 40 million yevro sarflashga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, yozgi transferlar vaqtida rimliklar ushbu futbolchi uchun "Atletiko" jamoasidan 45 million yevro so‘rashgandi.

Shuningdek, bu futbolchini Madridning boshqa bir jamoasi "Real" skautlari ham kuzatishmoqda.

Ma'lumot uchun, Pyaniya A seriyaning joriy mavsumidagi 7ta turda 4ta gol va 4ta golli uzatma muallifi bo‘lishga ulgurdi.

Top