01:19 / 19.10.2015
3298

Eronda yo‘l-transport hodisasida 20 nafar afg‘on muhojiri halok bo‘ldi

Eronda yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 20 nafar afg‘onistonlik muhojir halok bo‘ldi, yana 10 nafari jarohat oldi, deb xabar bermoqda Frans Press axborot agentligi.

Eron poytaxti Tehron va Qum shahri o‘rtasidagi trassada afg‘onistonliklar ketayotgan mikroavtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan, deb xabar berdi politsiya vakili. YTH sabablari ma'lum qilinmagan.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Eron hukumati qo‘shni Afg‘onistondan radikal terrorchilar sabab o‘z yurtini tark etayotgan afg‘onlarning ommaviy ravishda Eronga kelayotganidan xavotirlanmoqda. Mahalliy OAVlar ma'lumotlariga ko‘ra, Eronda 2 mlnga yaqin afg‘on millatiga mansub qochqinlar va ishchilar bor, ulardan yarmida hujjatlar yo‘q. Ko‘p afg‘onlar Eron hududi orqali Turkiyaga va u yerdan Yevropaga o‘tishga harakat qilmoqda.

Top