15:14 / 19.10.2015
5746

FT: Xalqaro investorlar Rossiya bozorini tark etmoqchi

Jahonning ko‘plab yirik kompaniyalari Rossiya bozoridan o‘z biznesini olib chiqib ketishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Financial Times nashri yozmoqda.

Aytilishicha, kompaniyalar bunday ishni amalga oshirganidan so‘ng mamlakatda biznes muhiti yaxshilanishi kuta boshlaydi, bunga esa ko‘p vaqt talab qilinishi mumkin.

Global Counsel agentligi ekspertlari guruhi Rossiya bilan hamkorlik qiluvchi 46 yirik xalqaro kompaniyalarning moliyaviy hisobotlari bilan tanishib chiqishdi. Bular orasida VR, Royal Dutch Shel, Siemens, Lafarge, Deutsche Bank singarilarning hujjatlari bor.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, kompaniyalarning aksariyat qismi Rossiya iqtisodiyotining yomonlashuvini bashorat qilmoqda va shunga yarasha choralar ko‘rmoqda.

“Keyingi 18 oy bu borada hal qiluvchi davr bo‘lishi mumkin”, - deb ta'kidlab o‘tdi ekspertlardan biri.

Top