19:05 / 19.10.2015
6500

Independent: McDonald's oxirgi kunlarini yashamoqda

McDonald's tez ovqatlanish restoranlari tarmog‘i ayni paytda chuqur tushkunlik ahvolidadir, deb yozadi The Independent nashri.

Iqtisodiy tushishning oldini olish maqsadida restoranlar mijozlarga nonushtani butun kun davomida buyurtma qilish, menyuda mustaqil tarzda yangi pozitsiyalar belgilash, buyurtmalarni raqamli kioskalar orqali rasmiylashtirish imkoniyatini yaratib berishdi.

Tahlilchi Mark Kalinovskining so‘zlariga qaraganda, yangi tashabbuslar, aksincha, rahbariyat uchun boshog‘riqqa aylangan. Buning oqibatida xodimlar ishga ko‘milib qolgan. Bundan tashqari, asosiy bozor hisoblangan AQShda savdo tushib ketishi kuzatilmoqda.

Tarmoqning 229 restoranni qamrab oluvchi 29 franshizasida o‘tkazilgan so‘rov shuni ko‘rsatdiki, muassasalarning egalari yaqin yarim yil ichidagi istiqbollarini 5 balldan 1.69 ballga baholagan.

Top