15:22 / 19.10.2015
6898

Istanbul aeroportida o‘zini osgan britaniyalik ayol VVS jurnalisti ekani aytilmoqda

Avvalroq Turkiyaning Istanbul shahridagi xalqaro aeroportda reysiga kechikkan ayolning oyoq kiyimlari yordamida o‘zini osib qo‘ygani haqida xabar qilgan edik. The Guardian nashri mazkur masalaga oydinlik kiritib, Jaklin Sattonning o‘limiga oid ayrim shubhali ma'lumotlarni e'lon qildi.

Jurnalist ayol uzoq yillar davomida insonparvarlik tashkilotlari va BMT bilan hamkorlik qilib kelgan, shuningdek, VVS`da prodyuserlik sifatida ham faoliyat yuritgan. Qo‘shimcha ravishda, ayol Iroq va Afg‘onistondagi ommaviy axborot vositalarida faoliyat olib boruvchi ayollar huquqlari bo‘yicha tadqiqotlarda ishtirok etgan. U Avstraliya milliy universiteti qoshidagi Arab va islom tadqiqotlari markazida falsafa bo‘yicha doktorlik darajasini olish uchun ham harakat qilayotgan bo‘lgan.

Hozircha Sattoning o‘limi bo‘yicha aniq tafsilotlar yo‘q, biroq uning hamkasblari xalqaro tergov olib borilishini talab qilib chiqmoqda.

Top