15:52 / 19.10.2015
4155

Nazarboyev aksilinqiroz ishlari rejasini tayyorlashga ko‘rsatma berdi

Qozog‘istonni yaqin vaqtlar ichida kuchli inqiroz kutib turibdi. Bu haqda mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev bosh vazir Karim Masimov bilan o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida aytib o‘tgan.

“Haqiqiy inqiroz yaqinlashmoqda, u 2007-2009 yillardagidan ancha kuchli bo‘ladi”, - Nazarboyevning so‘zlarini keltirdi mahalliy matbuot. Uning ta'kidlashicha, bugun respublika iqtisodiyoti og‘ir ahvolda ishlamoqda.

Aynan shu bois barcha zaruriy choralarni ishlab chiqib, inqiroz sharoitlarda ishlash va iqtisodiyotni saqlash yo‘lini ko‘rsatadigan harakat rejasini yaratish hukumat rahbariga topshirildi.

Top