14:44 / 19.10.2015
5084

Nyu-Yorkka ulkan rezina o‘rdak suzib keldi

Nyu-Yorkdagi Oyster-Bey bandargohiga ulkan rezina o‘rdak suzib keldi. Mashable nashri xabariga ko‘ra, bu ulkan o‘rdak ustritsalar festivali uchun yasalgan.

Nashrda qayd etilishicha, bu "o‘rdakcha"ning vazni 11 tonnaga teng bo‘ldi.

"Ey eng ulkan rezina o‘rdak! Nyu-Yorkka xush kelibsan, shahar seni kutayotgandi", deb yoziladi bu haqdagi xabarda.

Ushbu loyiha muallifi niderlandiyalik Floretin Xofman bo‘ldi. U shunga o‘xshash o‘rdakni 2007 yilda ham yasagandi. Uning ishlarini Gongkongdan tortib Sidneygacha bo‘lgan shaharlarda ko‘rish mumkin.

"Rezina o‘rdak chegara bilmaydi. Siyosiy taqiqlarni u nazar-pisand etmaydi", deydi ustaning o‘zi.

Top