21:20 / 19.10.2015
4189

Oppo R7s smartfonining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Oppo kompaniyasi Dubayda bo‘lib o‘tgan GITEX ko‘rgazmasida o‘zining Oppo R7s smartfonini taqdim etdi. Yaqin oylar ichida ushbu qurilma Tailand, Vetnam, Singapur, Tayvan, Malayziya, Avstraliya va boshqa o‘nlab hududlarda sotuvga chiqadi. Keying oydan uni O‘rta va Yavin Sharq, shuningdek, Shimoliy Afrika bozorlarida ham uchratish mumkin bo‘ladi. dekabr oyidan esa, AQSh va Yevropa aholisi smartfonni kompaniyaning OppoStyle onlayn do‘konidan buyurtma asosida sotib olishi mumkin.

Oppo R7s 2.5D li 5,5-dyuymga ega AMOLED displeyi bilan qoplangan. Displey 1080p ga ega. Qurilma sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 615 prossesoriga ega bo‘lib, tezkor xotirasi 4 GB, flesh xotirasi esa 32 GB ga ega.

Asosiy kamera 13 Mp li bo‘lib, uning fokusi 0,1 soniya tezlikda ishlaydi. Old kamera esa 8-megapiksel quvvatga ega. Akkumulyator 3070 mAch sig‘imga ega bo‘lib, bir quvvat olganda avtonom rejimda 13 soatu 15 daqiqa ishlay oladi. Akkamulyator 5 daqiqali quvvat bilan 2 soat ishlay oladi.

Oppo R7s smartfoni Android 5.1 tizimda ishlaydi. Uning narxi haqda hozircha hech narsa ma'lum emas.

Top