18:32 / 19.10.2015
4871

O‘zbek dasturchilari "AIRTOUCH" dasturini ishlab chiqishdi

Ushbu dastur tashkilot resurslarini boshqarish uchun mo‘ljallangan va ishlab chiqarish, savdo hamda tibbiyot sohasida qo‘llaniladi. Bu haqda Intellektual mulk agentligi xabar bergan.

"AIRTOUCH" dastur ishlab chiqarish resurslari boshqaruvini, ta'minot zanjiri boshqaruvini, kengaytirilgan hajmiy-taqvimiy rejalashtirishni, konstruktorlik-texnologik hujjatlar boshqaruvini, resurslarni yakuniy rejalashtirishni, mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarini boshqarishni avtomatlashtirish imkoniga ega.

Bundan tashqari biznes-tahlili, tizimni qayta o‘zgartirish, barcha ishlab chiqarish turlarini qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy hisob va rejalashtirish, sotuvni boshqarish, logistikani boshqarish, xaridni boshqarish va xodimlarni boshqarish kabi funksional imkoniyatlarga ega.

Hammualliflaga mazkur dastur uchun № DGU 03319 raqamli guvohnoma berildi.

Top