14:56 / 19.10.2015
5968

O‘zbekistonda AQSh dollarining rasmiy kursi 2663,45 so‘mga yetdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2015 yilning 19 oktabridan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari bir hafta oldingi kursga nisbatan 14 so‘m 23 tiyinga qimmatlashib, qiymati 2663,45 so‘mni tashkil qilmoqda. 1 Yevro 58 so‘m 58 tiyinga qimmatlashib 3039 so‘m 59 tiyinni tashkil qilib turibdi.

Bu haftada Rossiya rublining so‘mga nisbatan qiymati kichik miqdorda o‘sdi. Yangi kursga ko‘ra, 1 Rossiya rubli 19 tiyinga qimmatlashib, 43 so‘m 41 tiyin qiymatga ega bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Top