15:50 / 19.10.2015
7410

O‘zbekistonda meva-sabzavot mahsulotlarini avtotransport bilan eksport qilishga qisman ruxsat berildi

O‘zbekiston hukumati mamlakatga avtotransport vositalari yordamida meva-savbzavot mahsulotlarini olib kirishga ruxsat berdi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 9 oktabrda qabul qilingan qarorida aytildi.

Joriy yilda mamlakatga 269 ming tonna sabzavot, 80 ming tonna poliz mahsulotlari, 115 ming tonna meva, 110 ming tonna uzum eksport qilish ko‘zda tutilmoqda.

2016 yilning 1 yanvariga qadar avtotransport orqali kartoshka, meva-sabzavot va boshqa mahsulotlarni eksport qilish huquqiga tegishli ishchi guruh tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilgan yuridik shaxslar ega bo‘ladi.

Hukumatning 2015 yil 28 avgustidagi qaroriga ko‘ra shu yilning 1sentabrdan boshlab bunday mahsulotlar faqat temir yo‘l orqali yoki aviatransportda amalga oshirilishi lozim edi.

Top