14:28 / 19.10.2015
4014

Platini Blatterdan kelishuv xatisiz 2 mln frank olganiga iqror bo‘ldi

UYeFA prezidenti Mishel Platini Yozef Blatterdan og‘zaki kelishuv asosida FIFAdagi ish davri uchun maosh sifatida 2 million frank miqdoridagi pulni olganini tasdiqladi. Bu haqda uning o‘zi Fransiyadagi Le Monde nashriga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

Bundan oldin, FIFA prezidenti Yozef Blatter 2011 yilda Platiniga "jyentlmenlarcha kelishuv" orqali 2 mln frank miqdorida pul bergani haqida aytib o‘tgandi.

"Men huquqshunos ham, futbol agenti ham emasman. Blatter - FIFA prezidenti va men unga ishonaman. Ba'zi hollarda og‘zaki kelishuv ham yozma xat o‘rnida o‘tishi kerak.

1998 yilda Blatter meni o‘zi uchun maslahatchi sifatida yolladi. U qancha maosh istashimni so‘radi. Shunda men "Million" dedim. U vaqtda hali yevro yo‘q edi. Shunda u 1 yil uchun million shveysar franki taklif qildi. Men 2 yil ishladim", deydi Platini.

Top