14:44 / 19.10.2015
5055

Rossiya filmlaridan birida Olma-Ota Rossiyaning bir qismi deb ataldi

Rossiyada ishlangan “Golosa bolshoy strany” filmining treylerida Olma-Ota (Qozog‘iston), Tbilisi (Gruziya), Yerevan (Armaniston) va Minsk (Belarus) Rossiyaning Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Novosibirsk, Krasnodar, Ufa, Perm, Qozon, Nijniy Novgorod va Moskva qatorida “bitta katta davlatning qismlari” deb ataldi.

Bu holat internetda tilga olingan davlatlar va shaharlar aholisining noroziligiga sabab bo‘ldi. Hatto ayrimlar Qozog‘iston madaniyat vazirligidan bu masalani rasman hal qilishni so‘radilar.

“Ulkan vatanimizning har bir burchagida hurmat va e'tirofga loyiq iste'dodli insonlar bor. Ular poytaxtga yig‘ilib, mashhur televizion shoularda ishtirok etishadi. Ammo chiroqlar o‘chmaydi, hayot davom etadi”, - deyiladi lavhada.

Top