13:11 / 20.10.2015
9775

AP: Makka yaqinidagi tiqilinch qurbonlari soni 2177 nafar bo‘lgan

24 sentabr kuni Makka yaqinidagi Mino vodiysida yuz bergan tiqilinchda halok bo‘lganlar soni 2177 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Assoshieyted Press agentligi.

Nashr bu miqdorni o‘z hisoblariga ko‘ra ma'lum qilgan.

Qayd etilishicha, bu miqdor marhumlarning tanalarini topshirish vaqtida hisoblab chiqilgan.

Xabarda aytilishicha, yana yuzlab ziyoratchilar bedarak yo‘qolganlar sifatida qolmoqda.

Oxirgi xabarlarda bu fojia qurbonlari soni 1453 nafar bo‘lgani aytilgandi.

Eslatib o‘tamiz, fojia 24 sentabr kuni erta tongda Makka yaqinidagi Mino vodiysida sodir bo‘lgandi. Ikkita ulkan odamlar oqimi chodirlar shaharchasidan shaytonga tosh otish amali bajariladigan hududga eltadigan yo‘ldagi chorrahada to‘qnash kelib qolgan. Ko‘chalar kesishmasida ulkan tiqilinch vujudga kelgan.

Top