09:53 / 20.10.2015
5301

AQShlik bokschi Roy Jons o‘zining amerikalik raqibiga qarshi Rossiya bayroqlari ostida ringga tushadi

Yaqinda Rossiya fuqaroligini olgan amerikalik mashhur bokschi Roy Jons o‘zining AQShlik hamyurti Antonio Tarver bilan 12 dekabrda WBA Super unvoni uchun boks jangi o‘tkazadi.

Jons Rossiya bayrog‘i ostida ringga tushishga qaror qildi. Bu haqda uning promouteri Vladimir Xryunov ma'lum qildi.

“Bu shunday jangki, Roy hattoki gonorari miqdorini ham muhokama qilmadi. Chunki bu uning uchun 5-vazn toifasidagi chempionlik jangi bo‘ladi va shunday “final chapter” degan narsa borki, bu hali hayotingda qilmagan narsani anglatadi. Va Roy buni qilmoqchi”, deb aytdi Xryunov.

WBA Super unvoni uchun birinchi og‘ir vazn toifasidagi jang Moskvada, “Dinamo” markaziy stadioni – “VTB Arena”ning “Afsonalar bog‘i”da bo‘lib o‘tadi. Bokschilar bungacha uch marotaba ringda uchrashishgan. Ikkita jangni Tarver, bir jangni Jons yutgan va Jonsda umumiy hisobni tenglashtirishga imkon bo‘ladi. Xryunovning aytishicha, jang muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Top