10:58 / 20.10.2015
6550

"Oltin to‘p" uchun da'vogarlar ro‘yxatida "Barselona"dan 6 nafar, "Real"dan 5 nafar futbolchi o‘rin oldi

FIFA "Oltin to‘p"ga da'vogarlar sonini 23 nafargacha qisqartirdi. Bu ro‘yxatga "Barselona"dan 6 nafar, "Real"dan esa 5 nafar futbolchi kiritilgan.

"Real" jamoasi a'zolari Krishtianu Ronaldu, Toni Kroos, Xames Rodriges, Garet Beyl va Karim Benzema 2014-2015 yillar mavsumining eng yaxshi futbolchisi uchun beriladigan sovrin uchun da'vogarlik qilishadi.

"Barselona"da esa bunday futbolchilar soni 6 nafar: Lionel Messi, Neymar, Andres Inesta, Xaver Maskerano, Ivan Rakitich va Luis Suares.

23 futbolchidan iborat ro‘yxatda "Bavariya"ning 5 nafar vakili bor: Tomas Myuller, Manuel Noyyer, Aren Robben, Arturo Vidal va Robert Levandovski.

Shuningdek, bu ro‘yxatda Aleksis Sanches ("Arsenal"), Yaya Ture ("Manchester Siti"), Serxio Aguero ("Manchester Siti"), Kevin De Bryuyne ("Manchester Siti") , Eden Azar ("Chelsi"), Zlatan Ibrohimovich (PSJ), Pol Pogba ("Yuventus") nomlarini ko‘rish mumkin.

30 noyabr kuni bu futbolchilar orasidan terma jamoalar sardorlari va bosh murabbiylari hamda OAV vakillari tomonidan 3 nomzod saralab olinadi. "Oltin to‘p" egasi nomi 11 yanvar kuni ma'lum qilinadi.

Keyingi ikki yilda bu mukofotga Krishtianu Ronaldu ega chiqqandi.

FIFA 2016 yilning 11 yanvarida yilning eng yaxshi murabbiyi nomini ham ma'lum qiladi. Da'ogarlarning o‘n kishilik ro‘yxatiga quyidagi nomlar kiritilgan: Arsen Venger ("Arsenal", Angliya), Massimiliano Allegri ("Yuventus", Italiya), Karlo Anchelotti ("Real", Ispaniya), Loran Blan (PSJ, Fransiya), Unai Emeri ("Sevilya", Ispaniya), Xosep Gvardiola ("Bavariya", Germaniya), Luis Enrike ("Barselona", Ispaniya), Xorxe Sampaoli (Chili terma jamoasi bosh murabbiyi), Diyego Simeone ("Atletiko", Ispaniya) va Joze Mourino ("Chelsi", Angliya).

Top