23:09 / 20.10.2015
11199

KUN.UZ dayjesti: 20 oktabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 20 oktabr kuni ro‘y bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Adidas avtomatik ravishda poyafzallar ishlab chiqaradigan fabrika ochadi>>

Sport mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Adidas kompaniyasi 2016 yilda Germaniyada butunlay avtomatik ravishda ishlaydigan fabrika ochadi, deb ma'lum qilmoqda Huffington Post.

O‘zbek olimlari toliqish holatining oldini oluvchi vositani olish usulini ixtiro qilishdi>>

O‘zbekistonda toliqish holatining oldini oluvchi vositani olish usuli ixtiro qilindi. Mazkur usul Respublikasi Fanlar akademiyasi akademik S.Yu.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti olimlari tomonidan taklif etildi. 

Toshkent bozorida barmoq izlari skaneriga ega eng arzon smartfon sotilmoqda>>

Xitoyning UMi kompaniyasi O‘zbekistonda UMi Fair arzon smartfonini sota boshladi. U ishlab chiqaruvchi tomonidan daktiloskopik datchikka ega eng arzon smartfon deb tavsiflanmoqda.

Farg‘onada to‘rt egizak dunyoga keldi>>

Bahromjon va Nasibaxon Yakubovlar oilasida besh va uch yoshli qizaloqlar tarbiyalanayotgan edi. Endi ular safiga uch nafar o‘g‘il va yana bir qizaloq qo‘shildi.

Toshkentlik yigit “sevgan” qizining telefonini o‘g‘irlab ketdi>>

Toshkentlik yigit o‘zi bir muddat gaplashib yurgan qizni uchrashuvga taklif qilib, so‘ng uning qimmatbaho telefonini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda IIV axborot xizmati ma'lumot berdi.

Britan kompaniyasi “aqlli” tobut yaratdi>>

Buyuk Britaniyadagi Perfect Choice Funerals kompaniyasi displey va karnayga ega “aqlli” tobut kontseptini namoyish qildi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.

AQShdagi eng uzun oyoqli qiz>>

Amerikalik Xolli Bert AQShdagi eng uzun oyoli qiz hisoblanadi. The Daily Mail nashrining xabar berishicha, Bert boshida o‘zining bu tuzilishidan sabr qilgan edi, endi u Gennisning rekordlari kitobiga kirishga tayyor turibdi. 

Madagaskar aholisining uchdan biri “mushukxo‘rlar” bo‘lib chiqdi>>

AQShlik, tanzaniyalik va madagaskarlik olimlar guruhi Madagaskar aholisining uchdan biri vaqti-vaqti bilan mushuk tanovul qilib turishini aniqladi. Ular bozordan sotib olingan o‘lik mushuklarni emas, balki o‘zlarining uylaridagi, sovg‘aga olingan yoki ov qilib tutilgan yovvoyi mushuklarni iste'mol qilishni afzal ko‘rishadi.

O‘zbekistonda besh oyoqli sigir parvarish qilinmoqda>>

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanidagi xonadonlardan birida 2014 yilda besh oyoqli buzoq dunyoga kelgan edi. Sog‘lom va baquvvat ushbu buzoq ayni paytda xonadon egalari tomonidan parvarish qilinmoqda. Bu haqda yaypanlik bloger Isroiljon Tillaboyev kun.uz tahririyatiga ma'lum qildi.

Instagram qahramoni: shoir, sportchi, Dubayning merosxo‘r shahzodasi>>

Xamdan ibn Muhammad al-Maktum shayx Muhammad ibn Rashid al-Maktumning ikkinchi o‘g‘li bo‘lib, u ijtimoiy tarmoqlardagi o‘zining ajabtovur suratlari bilan dunyoga tanilib ulgurgan. 

DM: London banklari mijozlardan shaxsini selfi yordamida tasdiqlashni so‘ramoqda>>

Bir qator London banklari mijozlar o‘z shaxsini tasdiqlashi uchun selfi olishi lozim bo‘lgan yangi tizimni joriy etmoqda, deya xabar qildi Daily Mail nashri.

Amerikalik olimlar sayyorada hayotning paydo bo‘lishi sanasi yana 300 mln yilga qadimiylashtirishdi>>

Yer sayyorasida hayot ilgari taxmin qilinganidan 300 mln yilga oldinroq paydo bo‘lgani ehtimoldan holi emas. Bunday xulosa Los-Anjyelesdagi Kaliforniya universiteti professori Mark Xarrison boshchiligidagi tadqiqot guruhi tomonidan NBC telekanali efirida aytib o‘tildi.

NASA: 10 oktabrda aniqlangan gigant asteroid 31 oktabrda Yerga maksimal darajada yaqinlashadi>>

AQShning NASA koinot agentligi xodimlari 2015 yilning 10 oktabrida qayd qilingan TB145 ulkan asteroidi Yerga yaqinlashgan samo jismlari ichida eng kattasi ekanini aniqlashdi.

Obama rekordchi fazogir Skott Kelli bilan bog‘lanib, uni tabrikladi>>

AQSh prezidenti Barak Obama fazoda uzoq vaqt davomida qolish bo‘yicha NASA rekordini o‘rnatgan amerikalik fazogir Skott Kelli bilan aloqa bog‘lab, uni tabrikladi. 

Sotuvga qo‘yilgan g‘aroyib narsalar>>

“Bozorga o‘xshaydi asli bu dunyo” deganida shoir haq bo‘lgan ekan. Odamlar nimalarni sotishmaydi deysizBuyumlarni sotishga mo‘ljallangan oddiy sayt hech kimning xayoliga kelmagan narsalar kimoshdi savdosiga qo‘yiladigan bozorga aylanib ketdi. 2000 yilda kimdir Islandiyani, 2005 yilda ikkinchi ismga huquqni, 2010 yilda esa arvohni sotmoqchi bo‘lgan. Demak, tanishamiz —“eBay”da sotuvga qo‘yilgan antiqa narsalar ro‘yxati.

Turistlar Issiqko‘ldan yiliga 2 ming tonna asal xarid qilmoqda>>

Turistlar Issiqko‘ldan yiliga 2 ming tonna asal xarid qilmoqda. Bu statistik ma'lumot Qirg‘iziston telegraf agentligi tomonidan mamlakat asalarichilari ittifoqi prezidenti Kozim Qaraketovga tayangan holda keltirildi.

Barak va Mishel Obama Asherning tug‘ilgan kunida kuylashdi (video)>>

14 oktabr kuni qo‘shiqchi va prodyuser Asherning 37 yoshli tantanasi bo‘lib o‘tdi.
20 oktabrda AQSh gumanitar milliy taraqqiyot fondining 50 yilligi munosabati bilan Oq uyga taklif qilingan Asher bilan birgalikda Barak va Mishel Obamlar qo‘shilib kuylashdi. Unda Asherning mashhur Happy Birthday To You kuylandi.

Euronews telekanalida Samarqand haqida videoreportaj efirga uzatilishi boshlandi>>

O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirish maqsadidagi ishlar rivojlantirilmoqda. Bugun, 20 oktabr kunidan Euronews telekanalida "Uzbekistan Life" axborot dasturi doirasida Buyuk ipak yo‘li merosi va qadimiy Samarqand shahri haqidagi videoreportaj efirga uzatilishi boshlandi. 

Yangi Samsung Galaxy S7 2016 yil yanvarida namoyish qilinadi>>

Janubiy koreyalik insayderlar ma'lumotlariga ko‘ra, Samsung kompaniyasining yangi Samsung Galaxy S7 smartfonini 2016 yilning yanvar oyida ko‘rish mumkin bo‘ladi.

iPhone foydalanuvchilari Facebook tufayli telefoni quvvati ko‘p sarflanashini ma'lum qilishdi>>

O‘z iPhone da Facebook ilovasidan foydalanuvchilar ana shu ilova tufayli telefoni quvvati ko‘p sarf bo‘layotganidan shikoyat qilishdi. Uning aytishicha, ilova o‘chiq holatda ham ko‘p quvvat sarflab yuborar ekan.

“Yulduzlar jangi” mavzusida bo‘yalgan samolyot Yaponiyadan Kanadaga uchdi>>

Yaponiyadagi All Nippon Airways (ANA Japan) aviakompaniyasi "Yulduzlar jangi" filmidagi R2-D2 asteroidi ko‘rinishida bo‘yalgan Boeing 787-9 Dreamliner samolyotini parvozga chiqardi.

"Bavariya" futbolchilari Armani tomonidan kiyintiriladi>>

Italiyadagi modalar uyi Giorgio Armani Germaniyaning "Bavariya" jamoasi futbolchilari uchun libos tikadi. Tomonlar keyingi 3 yil davomida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishishgan. Bu haqda nemislarning WWD nashri xabar bergan.

AQShlik bokschi Roy Jons o‘zining amerikalik raqibiga qarshi Rossiya bayroqlari ostida ringga tushadi>>

Yaqinda Rossiya fuqaroligini olgan amerikalik mashhur bokschi Roy Jons o‘zining AQShlik hamyurti Antonio Tarver bilan 12 dekabrda WBA Super unvoni uchun boks jangi o‘tkazadi.

Top