09:25 / 20.10.2015
3587

Olmaliq TMK qiyin eriydigan va issiqbardosh metallar kombinatini o‘z tarkibiga oldi

O‘zbekiston qiyin eriydigan va issiqbardosh metallar kombinatining davlat aktivlari “Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati” AJga berildi. Bu haqda hukumat 9 oktabr kuni tasdiqlagan “Davlat mulki obektlaridan samarador va ratsional foydalanishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aytildi.
Ta'kidlanishicha, Davlat raqobat qo‘mitasi tegishli vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyati bilan birgalikda davlat mulki obektlari inventarizatsiyasini o‘tkazib, ulardan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar tayyorlagan.
“O‘zbekiston qiyin eriydigan va issiqbardosh metallar kombinati” AJ davlat aktivlari xo‘jalik boshqaruvi organlari ustav kapitaliga o‘tkaziladigan korxonalar sirasiga kiritildi.
Korxonaga 1956 yili asos solingan. 2003 yilda u bankrot deb tan olinib, tashqi boshqaruv ostiga tushib qolgan edi.

Top