17:58 / 20.10.2015
7727

O‘zbek olimlari toliqish holatining oldini oluvchi vositani olish usulini ixtiro qilishdi

O‘zbekistonda toliqish holatining oldini oluvchi vositani olish usuli ixtiro qilindi. Mazkur usul Respublikasi Fanlar akademiyasi akademik S.Yu.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti olimlari tomonidan taklif etildi. Bu haqda Intellektual mulk agentligining axborot xizmati ma'lum qildi.

Undan kimyo-farmasevtika sanoati, klinik va sport tibbiyot sohasida foydalanish mumkin. Ixtironing vazifasi toliqish holatining oldini oladigan va organizmning asosiy hayotiy funksiyalariga salbiy ta'sir ko‘rsatmaydigan vositani olish usulini ishlab chiqishdan iborat.

Hammualiflar - M.T.Turaxojanev, A.U.Mamatxanov, I.T.Abdukadirov, V.N.Sirov, Z.A.Xushbaktova va Sh.Sh.Sagdullauyevga ushbu usul uchun IAP 05078 raqamli patent berildi.

Top