14:13 / 20.10.2015
3088

O‘zbekiston xalqaro tibbiy-sanitar qoidalarni joriy qilmoqda

O‘zbekiston xalqaro tibbiy-sanitar qoidalarni bosqichma-bosqich joriy qilmoqda. Bu haqda “Pravda Vostoka” gazetasi yozmoqda.
Ushbu qoidalar 2005 yilning 23 mayida Xalqaro sog‘liqni saqlash assambleyasining 58-sessiyasida qabul qilingan bo‘lib, 2007 yilda kuchga kirdi.

Shundan buyon ular Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkilotiga a'zo davlatlarda ularning joriy qilinishi majburiy hisoblanadi.
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi bu xalqaro standartlarni mamlakat bo‘ylab joriy qilishning asosiy koordinatoridir. U ishni tegishli idoralar bilan hamkorlikda olib boradi.

Hukumatning “O‘zbekiston Respublikasida xalqaro tibbiy-sanitar qoidalarni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq vazirlik 2015-2016 yillarga mo‘ljallangan kompleks reja ishlab chiqdi. Bu rejaga FVV, IIV, mudofaa, qishloq va suv xo‘jaligi vazirliklari, bir qator qo‘mitalar qo‘shildi.

Top