23:45 / 20.10.2015
3652

O‘zbekiston Olimpiya-2016 o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi beshinchi letsinziyani qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining ma'lum qilishicha, yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Bobur Shokirjonov Dushanbeda o‘tgan “Tojikiston federatsiya kubogi-2015” musobaqasida qatnashib, nayza uloqtirish bo‘yicha 84,24 metr masofani qayd etib, birinchi o‘rinni egalladi. U bu bilan 2016 yilda Rio de Janeyro (Braziliya)da o‘tadigan olimpiya o‘yinlariga ham yo‘llanmani naqd qildi.

Bu sportchilarimiz tomonidan qo‘lga kiritilgan beshinchi yo‘llanmadir. Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Svetlana Radzivil, Marina Xmelevskaya, Suxrob Xo‘jayev va Sitora Hamidovalar ana shunday yo‘llanmalarga ega bo‘lishgan edi.

Top