13:37 / 20.10.2015
2793

O‘zbekistonda 2015 yilda kichik biznesning 21,4 mingta sub'yekti tashkil etildi

Vazirlar Mahkamasining 19 oktabrda joriy yilning 9 oyida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan majlisida sanoat ishlab chiqarishida, investitsiyalarda, eksportda va aholi bandligida kichik biznesning ulushi va roli uzluksiz o‘sishi ta'minlanayotganligi qayd etildi.

Xususiy mulkni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta'minlash yuzasidan qabul qilingan chora-tadbirlar dasturini izchil amalga oshirish kichik biznesning 21,4 mingta, yoki 2014 yilning shu davridagiga qaraganda 6,0 foiz ko‘p yangi sub'yektini tashkil etishga ko‘maklashdi.

Kichik biznes sub'yektlariga davlat mulkining 17,8 mingta foydalanilmayotgan obektlari ijaraga berildi, umumiy summasi 9,6 trillion so‘m bank kreditlari va mikrokreditlar ajratildi.

Top