18:15 / 20.10.2015
5844

Putin: suriyalik terrorchilar yangi mintaqalarni beqarorlashtirishni rejalashtirmoqda

Suriyada o‘rnashib olgan terrorchilar yaqin kelajakda boshqa mintaqalardagi vaziyatni ham izdan chiqarishga intilmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin qo‘mondonlik lavozimlariga tayinlangan zobitlarni qabul qilish marosimida aytib o‘tdi.

“Suriya va Yaqin Sharqning bir qancha mamlakatlarida platsdarm yaratib olib, terrorchilar o‘z ekspansiyalarini kengaytirish, boshqa mintaqalardagi vaziyatni ham beqarorlashtirish rejalarini qurishda davom etmoqda”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Aynan shu bois, Putinning fikricha, Rossiya Suriyada o‘tkazayotgan harbiy operatsiya muhim ahamiyatga egadir.

Top