16:22 / 20.10.2015
6052

Qirg‘izistonda 80 nafar olimpiyachi-o‘quvchi maktab o‘qituvchilarini kaltaklashdi

Bishkek shahrida Respublika olimpiya zaxiralari bilim yurtining 80 nafar o‘quvchisi uchlariga mix qoqilgan yog‘och to‘qmoqlar bilan shahardagi 38-sonli maktabga bostirib kirishdi.

To‘da mebellarni uloqtirib, oynalarni sindirgan, yuqori sinf o‘quvchilari va bir qancha o‘qituvchilarni kaltaklagan. AKIpress agentligining Qirg‘iziston Ta'lim va fan vazirligi ma'lumotiga asoslanib xabar berishicha, bosqinchilar maktabning 9-sinf o‘quvchilari bo‘lgan. 

“Direktorlar va maktab o‘qituvchilari kichik sinf o‘quvchilarini yashirishga ulgurishgan va sinflarni tor-mor qilib, yuqori sinf o‘quvchilari va bir qancha o‘ituvchilarni kaltaklagan bezorilarni to‘xtatishga harakat qilishgan”, - deyiladi vazirlik xabarida.

Qirg‘iziston Ta'lim va fan vazirligi, IIV, Bishkek meriyasi va Davlat sport agentligi vakillaridan iborat komissiya tuzilib, mazkur hodisa yuzasidan xulosalar va shu kabi holatlarning oldini olish bo‘yicha qaror ishlab chiqariladi.

Top