13:03 / 20.10.2015
3625

Qirg‘izistonda izolyatordan qochgan terrorchilardan yana biri yo‘q qilindi

Qirg‘iziston IIV xodimlari 12 oktabr kuni tergov izolyatoridan qochib ketgan terrorchilardan yana birini yo‘q qildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati vakili Baqit Seyitov ma'lum qilgan.

"O‘ta xavfli jinoyatchi Azamat Musuraliyevni xodimlarimiz maxsus amaliyot chog‘ida qo‘lga olishga urinib ko‘rishdi, buning iloji bo‘lmagach, u otib o‘ldirildi. U qurollangan edi", deb ma'lum qilgan kotib.

Uning aniqlik kiritishicha, terrorchini bartaraf etish amaliyoti Chuy viloyatidagi Sokuluksk tumanida olib borilgan.

"Musuraliyev Qirg‘izistonda faoliyati man qilingan “Jaysh ul-Mahdiy” tashkilotining a'zosi edi", deb qayd qilinadi xabarda.

16 oktabr kuni Qirg‘iziston politsiyasi tergov izolyatoridan qochib ketgan terrorchi Doniyor Qodiraliyevni yo‘q qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 12 oktabr kuni Quyi Norus Chuy viloyati hududida to‘qqiz nafar jinoyatchilar qochishga uringan, olib borilgan tezkor harakatlar natijasida ularning besh nafari qo‘lga olingandi.

15 oktabr kuni Qirg‘iziston milliy xavfsizlik xizmati mamlakat hududida qidirilayotgan jinoyatchilarni topishda yordam berganlarga 300 ming som miqdorida mukofot puli belgilagani xabar qilingandi.

Top