17:27 / 20.10.2015
6000

Tim Kuk avtomobil sanoatida inqilob bo‘lishini aytdi

Apple rahbari Tim Kuk Janubiy Kaliforniyadagi an'anaviy texnologik konferensiya chog‘ida avtomobil sanoatida ulkan o‘zgarishlar sodir bo‘lishini bashorat qildi, deb yozadi The Telegraph nashri.

“Avtomobilga qaraganimda, dasturiy ta'minot kelajak avtomobilining o‘ta muhim qismiga aylanib borayotganini ko‘raman. Avtonom boshqaruv juda muhim narsaga aylanmoqda”, - dedi u.

Kuk kompaniya o‘z avtomobilini ishlab chiqarishi mumkinligi haqidagi mishmishlarga izoh bermadi.

Top